Farmakognoziya kafedrasi

O’rmonova Flyura Faridovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori, professor

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-Chorshanba (14:00-16:00)

Tel.:

(0 371) 256-32-46

Veb-sayt:

Farmakognoziya kafedrasi boy tarix va an’analarga ega. Kafedra 1939 yilda tashkil qilinib, uni bir yil biologiya fanlari nomzodi I.P. Borodin boshqargan. Shu vaqtda kafedrada birorta xam provizor bo’lmagan. 1940 yildan boshlab toki 1982 yilgacha 40 yildan oshiq  kafedrani O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Raxil Lvovna Xazanovich, 1982 yilda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Nuriya Zaynutdinovna Alimxodjaeva, 1983-1986 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Xamid Xolmatovich Xalmatov, 1986-1994 yillarda farmatsevtika fanlari doktori, professor Toshoy Pulatovna Pulatova, 1994-2011 yillarda farmatsevtika fanlari doktori, professor Xojiasror Masudovich Komilov rahbarlik qilgan. 2011 yildan buyon kafedraga farmatsevtika fanlari doktori, professor Flyura Faridovna Urmanova mudirlik qilmoqda. 2013 yilda botanika kafedrasi farmakognoziya kafedrasiga qo’shilgan va ikkita jamoa bitta bo‘lib farmakognoziya kafedrasi   faoliyat ko’rsatmoqda.

Xozirgi kunda farmatsevt kadrlarni tayyorlashda kafedrada 3 ta farmatsevtika fanlari doktori, professorlar, 8 ta fan nomzodi, dotsentlar, 1 ta katta o’qituvchi, 4 ta assistent va 4 nafar o’quv-yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2016_132          2016_133          2016_134

Prof. T.P.Po’latova                           Prof. X.M.Komilov                     Prof. F.F.Urmanova

     (1986-1994)                                   (1994-2011)                             (2011 yildan-x.v.)

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5510500 –  Farmatsiya (turlari  bo’yicha)

5111000  –  Kasb ta’limi

5510600  –  Sanoat farmatsiyasi

5320500  –  Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari

5 A 510501 – “Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya”

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

Farmakognoziya

Dorivor o’simliklar resursshunosligi

Biotexnologik mahsulotlarning xom ashyo man’balari va ularning taxlili fanining

Magistratura

Biofaol moddalarni o’simliklardan ajratib olish va taxlil qilish

Dorivor o’simlik xom ashyosini standartlash

Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi.

Kafedra professor-o’qituvchilari:

tt

Urmanova F.F. – professor

Ibragimov A.Ya.-  professor

Komilov X.M. – professor

Yulchieva M.T.- dotsent

Muxamedova M.Sh.- dotsent

Jabborov A.- dotsent

Xodjaeva M.A.- dotsent

Farmonova N.T.- dotsent

Po`latova D.Q.- dotsent

Mullajonova M.T.- dotsent

Latipova E.A.- dotsent

Raximova G.Q.- katta o’qituchi

Atamuratova N.T.- assistent

Ikramova M.Sh.- assistent

Nuridullaeva K.N.- assistent

Xalilova Sh.Sh.- assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq tabobatida qo’llanilib kelayotgan dorivor o’simliklarni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish maqsadida o’rganish.

  • Tibbiyotda qo’o‘llanishga ruxsat berilgan, shu jumladan kafedrada o’rganilgan dorivor o’simliklar asosida yangi, samarali dori vositalarni yaratish.
  • Noyob dorivor o’simliklarni madaniylashtirish.

2012-2015 yillarda bajarilayotgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari:

Shifr Loyiha rahbari Loyiha nomi Loyiha mablag’i (2012 y, mln.so’m)
1 ADSS-34.2 prof. X.M. Komilov “Maxalliy o’simliklar xom ashyosi asosida qandli diabet kasalligini davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish” 60
2 ADSS-15.28.4 prof.

Ibragimov A.Ya.-

“O’zbekistonda o’sadigan maxaliy dorivor o’simliklar asosida yangi o’t xaydovchi vositasini yaratish” 80

2013- 2016-yillarda bajarilayotgan innovatsion loyihalar:

Shifr Loyiha nomi Loyiha rahbari FTRMK tomonidan Hissador tashkilot tomonidan
1 ISS11-10 “Maxalliy xom ashyolar asosida kapsullangan gijja haydovchi “Gelrem» preparatni ishlab chiqarish” prof.

Ibragimov A.Ya.

60 40

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedrada ta’lim jarayonini talab darajasida olib borish uchun barcha sharoit yaratib berilgan.

Barcha o’qitiladigan fanlardan innovatsion ta’lim texnologiyalar majlisida ishlab chiqilib, ishchi dasturlarga kiritilgan .

  • Kafedrada o’qitiladigan fanlar yangi avlod darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar, shu jumladan xorijdan keltirilgan o’quv adabiyotlar bilan to’liq ta’minlangan.
  • Professor X.X.Xolmatov prof. O’.A.Axmedov bilan hamkorlikda farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari uchun yozgan “Farmakognoziya” darsligi III-IV “Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti mualifi” Respublika tanlovining 1 va 2 darajali, shuningdek, tibbiyot kollejlari farmatsevtika bo‘limlari uchun yozilgan darslik 1 darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
  • Kafedrada ma’ruza va labaratoriya mashhulotlari zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llagan xolda olib boriladi. Bo’lajak farmatsevtni tayyorlashda o’quv amaliyoti katta axamiyat kasb etadi. Farmakognoziya va Botanika fanlari yordamida o’quv amaliyotlar institutning Chimyon o’quv amaliyoti bazasida, O’zbekiston Fanlar akademiyasi o’simlik va hayvonot olami genafondi botanika bog’ida hamda institutning dorivor o‘simliklarini o‘stirish tajriba uchastkasida olib boriladi.
  • 2015 yildan kafedrada farmatsevik kimyo va farmakognoziya mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi. Talabalarning magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’lib xar yili muvafaqqiyatli ximoya qilinmonda.
  • Kafedraning qator professor-o’qituvchilari Birlashgan Qirrolik, Daniya, Isroil, Turkiya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog’iston davlatlarida o’z malakalarini oshirib kafedra o’quv jarayoni va o’quv-uslubiy, ilmiy faoliyatini modernizatsiyalash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishda faol qatnashmoqdalar.

Kafedrada iqtidorli talabalar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan TIJ va “Farmakognozchi” to’garaklarida dorivor o’simliklarini o‘rganish sohasidagi zamonaviy taxlil usullarini o’rganadilar hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Xar yili o’tkaziladigan an’anaviy talabalar ilmiy anjumanlarida sovrinli o’rinargan sazovor bo’lmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro‘yhati:

 

 

03.03.2017, 20:57   565