Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi

Nuraliyeva Xafiza Otayevna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsеnt

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-Chorshanba-Juma (9:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256-39-34

Veb-sayt:

Kafedra  1947 yilda  “Mikrobiologiya  va  gigiena  kafedrasi”  nomi  bilan tashkil  qilingan  bo‘lib, u turli yillarda,  har xil  sabablarga ko‘ra  turlicha nomlanib, unga katta tajribaga ega bo‘lgan  quyilagi  fan  doktorlari  hamda  fan nomzodlari  rahbarlik  qilganlar:

  1. Professor, t.f.d. T.I. Medvedeva – 1947 – 1950 yy.
  2. Professor, t.f.d. M. A. Petrova – 1950 -1957 yy
  3. Professor, t.f.d.,sog‘liqni saqlash a’lochisi N.Q. Boboxodjaev 1957 – 1972 yy.
  4. Professor t.f.d. I. V. Raximova – 1972 – 1995 yy.
  5. Dotsent t.f.n.T.N.Isaxodjaeva – 1995 – 1997 yy
  6. Dotsent t.f.n. M. X. Nurmuxamedova 2001 – 2006 yy .
  7. Professor t.f.d. X.U.Aliev –2006 – 2007 yy.
  8. Professor f.f.d.O‘.A.Axmedov 2007-2012 yy.
  9. Dotsent.t.f.d. S.A. Saidov – 2012-2013 yy.
  10. Dotsent. q.x.f.n. A.A.Nurmuxamedov – 2013 yildan xozirgi kungacha.

Toshkent farmatsevtika institutining 2013 yil 29 avgustdagi “Institut fakultetlari strukturasini takomillashtirish to’g’risida”gi 361-sonli buyrug’iga muvofiq institut fakultetlarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, turdosh fanlarni bir kafedraga birlashtirish va institut o’quv binolaridan oqilona foydalanish maqsadida Farmakognoziya va botanika kafedrasi tarkibidagi ekologiya fani hamda Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi tarkibidagi mikrobiologiya va gigiyena fanlari     ajratilib, ular asosida “Ekologiya va mikrobiologiya” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri vazifasini bajarish qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent  A.A.Nurmuxamedov    zimmasiga yuklatildi.  Shunday   qilib,  2013 yildan   boshlab   ushbu    kafedraga  dots.  A.A.Nurmuxamedov raxbarlik qilmoqda.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5510500 –  Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil)

5510500 –  Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

51110005 –Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))

5510600- Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)

5320500- Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

5510600- Sanoat farmatsiyasi (Kosmetsevtika)

5510600- Sanoat farmatsiyasi (Farmatsevtik biotexnologiya)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  1. Ekologiya (1,2 kurs)
  2. Mikrobiologiya (3 kurs)
  3. Gigiena (2 kurs)
  4. Kimyoviy mikrobiologiya (3 kurs)
  5. Sanoat gigiena (2 kurs)

ek1

 

Kafedra professor-o’qituvchilari

Abzalov A.A-professor, b.f.n.

Fayzullaeva  Z. R.-Dotsent, t.f.n.

Nuralieva X.O.-Dotsent, t.f.n

Miralimova Sh. M.-Dotsent, b.f.n.

Qodirova D.E.-Katta o’qituvchi, t.f.n.

Dusmuratova F.M –Katta  o’qituvchi, b.f.n.

Boltaeva K.Sh. –Katta o’qituvchi

Shakirova D.N. -assistent

Radjabov X.Z. -assistent

Maksudova S.A. -assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiyishlar:

2012-2015 yillarda bajarilayotgan ilmiy- amaliy tadqiqot ishlar.

Shifr Loyiha rahbari Loyiha nomi Loyihamablag’i (2012 y, mln.so’m)
1. KA 11-008 Prof. A.A.Abzalov “Tikanli artishokni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” 71500000

2015-2017 yillarda bajarilayotgan ilmiy- amaliy tadqiqot ishlar.

Shifr Loyiha rahbari Loyiha nomi Loyihamablag’i (2015 y, mln.so’m)
1. ПЗ-2014- 0912135142 АДСС 15.28.2 R.T.To’laganov “O’zbekistonda yetishtirilayotgan tikanli artishok (Cynara scolymus L.) xom ashyosi asosida gepatoprotektor va o’t haydovchi ta’sirga ega bo’lgan yangi dori preparatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash” 91000000

 

Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi  5 yilda chop etilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar, tavsiyanomalar, olingan mualliflik guvohnomalari va patentlari:

– darsliklar -4 ta

– o‘quv qo‘llanmalari -4 ta

– monografiyalar-  3 ta (2 tasi Germaniyada chop etilgan)

– patentlar -6 ta

– mualliflik guvoxnomalar i -2 ta

-35ta  dorivor o‘simliklarni etishtirish bo‘yicha tavsiyanomalar chop etilgan. Mazkur  tavsiyanomalar “Shifobaxsh” ilmiy ishlab chiqarish  markaziga qarashli ixtisoslashgan xo‘jaliklarda  dorivor o‘simliklarni etishtirishda qo‘llanilmoqda.

4yu

 

 

O‘quv qo‘llanmalar

MONOGRAFIYALAR

45l

 

Kafedra xodimlaridan  professor  Akmal Abzalov Abzalovichga  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan  1990 yilda “ O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi  xodimi”  faxriy unvoni , 2014 yilda Rossiya Tabiatshunoslik  Akademiyasining  professori, Xalqaro Tabiatshunoslik Akademiyasining faxriy fan doktori unvoni, Rossiya Tabiatshunoslik Akademiyasi prezidiumi tomonidan ixtirochilik  bo‘yicha  o‘tkazilgan konkursda g‘olib deb topildi va  A.Nobel medali, 2015 yilning 8-13 noyabr kunlari Germaniyaning  Myunxen  shahrida  o‘tkazilgan  “Nauka i obrazovanie  bez  granits”  va

“Nanotexnologiyalar  rivojlanishini istiqbollari”   nomli konferensiyalarda  uning ma’ruzalari eng  yaxshilaridan   deb topilib Yevropa ilmiy-sanoat konsorpsiumi tomonidan “Evropa sifati” nomli  oltin  va  Adam Smit medallari bilan taqdirlagan.

 Rossiya tabiatshunoslik  Akademiyasi uni 2012 yilda “Hizmat ko’rsatgan fan va maorif  xodimi”, 2016 yilda esa “Hizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi” faxriy unvonlari  bilan mukofotlagan.  Professor A.Abzalov tomonidan  400 dan ortiq  ilmiy maqola va tezislar,  ilmiy jurnallarda 75ta  ilmiy maqolalar, ulardan 22tasi chet elda , Xalqaro ilmiy s’ezdlar, koferensiyalar va simpoziumlar to‘plamlarida  55ta, Respublika miqyosidagi ana shunday anjumanlarning to‘plamlarida esa 300dan ortiq maqolalar va tezislar chop etilgan. Shu jumladan,  4ta ilmiy darajali shogird va 100dan ortiq diplomant va magistrlar tayyorlagan. U 3ta darslik, 2ta o‘quv qo‘llanmalari, 3ta monografiyalar,  shundan  2tasi  Germaniyada  va  2ta risola chop ettirgan.  Rossiya tabiatshunoslik akademiyasi prezidiumi ilmiy tadqiqot ishlarning rivojlanishiga qo‘gan hisslarini inobatga olib, A.A.Abzalovning ilmiy- pedagogik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni “Rossiyaning taniqli olimlari” nomli ensiklopediyaga kiritgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari  va ilmiy izlanuvchilarining  chop  etilgan maqolalar   ro‘yhati:

 

 

 

 

 

 

20.05.2016, 14:14   636