Buxgalteriya va reja-moliya bo’limi

Axmedov Dilmurod Pardaxanovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bosh buxgalter

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

+998712563459

E-pochta:

Veb-sayt:

Dastlab hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limi 1937 yil 16 iyulda, ya’ni, Toshkent farmasevtika instituti tashkil etilgan kunda tashkil etilgan.

Mazkur bo‘limga Bibishev Abdulla Fozilovich raxbar etib tayinlandi.

U 1970 yilga qadar hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limini boshqarib keldi. 1970—1989 yillarda bo‘limni Chembirlidi Valentina Vasilevna boshqardi.

1990 yilda hisob-kitob va rejalashtirish bo‘lmiga raxbar etib, Askarov Raxmat Usmanovich tayinlandi. R.U.Askarov 1995 yilga qadar bo‘limni boshqarib keldi.

1999—2014 yillarda hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limni Mamadieva Ra’no Nigmatovna boshqardi.

2015 yildan hozirgi kunga qadar hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limini Axmedov Dilmurod Pardaxanovich boshqarib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida institut o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tegishli o‘quv-uslubiy hamda ilmiy-texnik vosita, zamonaviy texnologiya va jihozlar bilan ta’minlashda hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limining o‘rni beqiyosdir.

So‘nggi yillarda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etishga yaqindan yordam berish, turli moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, iqtidorli hamda kam ta’minlangan talaba-yoshlarni, professor-o‘qituvchilarni rag’batlantirish kabi vazifalar bo‘lim tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

08.10.2018, 10:09   233