Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi

Aminov Sobirjon Nigmatovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Kimyo fanlari doktori, professor

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Tel.:

(871) 256-36-48

E-pochta:

Veb-sayt:

Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dastlab anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi deb atalgan bo’lib, 1937-yilda Toshkent tibbiyot institutining umumiy kimyo kafedrasi asosida tashkil topdi. Kafedraning dastlabki o’qituvchilari dotsent v/b P.A. Obelchenko, assistent I.L. Teodorovich va o’sha vaqtda assistent bo’lib ishlagan, keyinchalik institut rektori bo’lgan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor M.M. Azizovlar bo’lishgan.

1939-yil sentyabridan kafedraga dotsent P.A. Obelchenko, 1941-yil fevralidan boshlab esa professor B.G. Zapremetov mudirlik qilishgan, shu davrda kafedrada B.G. Zapremetovning shogirdi K.S. Axmedov assistent bo’lib ishlagan. Karim Sodiqovich Axmedov O’zRFA akademigi Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi, kimyo fanlar doktori, professor darajasiga erishib, Respublikada kolloid kimyo fani bo’yicha katta maktab yaratishdi.

1941-yilning 22-iyunida II Jahon urushi boshlandi. Institutning ko’p o’qituvchilari frontga ketishdi.Ular qatorida assistent K.S. Ahmedov, assistent I.L.Teodorovich ham bor edilar. 1941-yil sentyabridan boshlab kafedraga Moskvadan Toshkentga evakuatsiya qilingan P.I. Lapin kafedrani boshqardi.

1943-yildan boshlab kafedraga Asan Murtazayevich Murtazayev mudir etib tayinlandi.U kafedraga 35 yil mudirlik qildi. Fan doktori, professor, Respublikada xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi ilmiy daraja va unvonlarini oldi. Uning rahbarligida kafedra taraqqiy etdi, uslubiy ishlar, ilm-fan rivojlandi. Bu davrda kafedrada dotsentlar: S.G. Avokyans, P.P. Tolok, Sh.Z. Xolmudaxonova, E.T. To’ychiyev, L.E. Kornyeva, E. Mamatmusayev, O.S. G’ofurova, assistent M. Almanova va boshqalar ishladi. Ular ham kafedra taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shishdi.

1978-yildan kafedraga o’sha vaqtda kimyo fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim Sobirjon Nig’matovich Aminov tanlov asosida saylandi.U kafedraga mudirligi davrida, doktorlik dissertatsiya ishini tayyorlab, kolloid kimyo (02.00.11) ixtisosligi bo’yicha D.I. Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universitetida (Moskva) doktorlik dissertasiyasini yoqladi (1987 y.), 1988-yilda professor, 2007-yilda esa O’zbekiston fan arbobi ilmiy unvonini olishga sazovor bo’ldi. Bu davrda kafedraga yangi yosh o’qituvchilar ishga qabul qilindi. Ulardan k.f.n. X.Z. Raxmatullayev juda samarali mehnat qildi; kafedrada doktorlik dissertasiyasini tayyorlab, muvaffaqiyatli himoya qildi, professor unvonini oldi. Afsus, bevaqt o’lim uni oramizdan olib ketdi. Kafedraga birin-ketin X.R. To’xtayev, R. Aristanbekov, M.M. Qurbonova, N.Q. Olimov, K.A. Cho’lponov, M.M. Raxmatullayeva va boshqalar ishga qabul qilindi.

2005-yilda Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Anorganik, analitik, fizik va kolloid (AAFK) kimyo kafedrasi deb qayta nomlandi. Endilikda har ikkala kafedraning an’analari, g’oya va vazifalari bir maqsadga – «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilangan vazifalarning ijrosiga yuqori saviyali farmatsevt kadrlar tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot ishlarning samarasini yaxshilashga va barkamol avlodni voyaga yetkazishga yo’naltirilgan.

Kafedraning asosiy o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha taraqqiyot yo’li O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng boshlandi. Bu davrdan boshlab kafedra ikkita yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi: birinchisi, mahalliy organomineral xom ashyolar asosida dori-vositalarini ishlab chiqarish, ikkinchisi, hayotiy zarur mikroelementlar va biofaol ligandlar asosida dori-vositalari yaratish. Har ikkala yo’nalish bo’yicha kafedra yuqori samaralarga erishdi. Avvalo, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tanlovlarida faol ishtirok etib, grantlar yutish, xo’jalik shartnomalari asosida ishlab institutga budjetidan tashqari mablag’ tushirdi, kafedra professor-o’qituvchilari, iqtidorli yoshlari ilmiy ishlarga jalb etilib, modidy rag’batlantirildi. Innovatsion g’oyalar bilan texnologiya yarmarkalarida faol ishtirok etib, korporatorlik hamkorlik shartnomalarini tuzdi, ishlab chiqaruvchi hamkorlar topdi.O’quv jarayoniga ham katta e’tibor qaratildi.Lotin grafikasida barcha fanlardan yangi darsliklar, o’qub qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tuzildi.Interaktiv o’quv tizimini tashkil etish, o’quv jarayonini modernizatsiyalash, o’quv-uslubiy majmualar tuzish ishlari amalga oshirildi. Har bir ma’ruza va amaliy, laboratoriya darslari pedagogik va axborot texnologiyalari tatbiq etildi. korporatorlik hamkorlik shartnomalarini tuzdi, ishlab chiqaruvchi hamkorlar topdi.O’quv jarayoniga ham katta e’tibor qaratildi.Lotin grafikasida barcha fanlardan yangi darsliklar, o’qub qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tuzildi.Interaktiv o’quv tizimini tashkil etish, o’quv jarayonini modernizatsiyalash, o’quv-uslubiy majmualar tuzish ishlari amalga oshirildi. Har bir ma’ruza va amaliy, laboratoriya darslari pedagogik va axborot texnologiyalari tatbiq etildi.

2016_64

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, k.f.d., professor  Azizov Mannon Azizovich Analitik kimyo kafedrasini  1945-1975 yillarda (30 yil) boshqargan.  “Biofaol ligandlar va 3d metallari asosida  koordinatsion birikmalar yaratish” maktabini asoschisi.

2016_63

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, k.f.d., professor Murtazaev Asan Murtazaevich Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasini  1943-1978 yillarda (35 yil) boshqargan. O’zbekistonda elektrokimyo  sohsasini asoschilaridan biri.

2016_65

Shobilolov Azat Axmedovich k.f.d., professor.

Analitik kimyo kafedrasini 1985-2000 yillarda (15 yil)  boshqargan.Azizov M.A. “Biofaol ligandlar va 3d metallari asosida  koordinatsion birikmalar yaratish” maktabi  davomchisi.

2016_66

O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, k.f.d., professor Aminov Sobirjon Nigmatovich.

Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasini  1978-2012 yillarda (34 yil) boshqargan. “Mahalliy xomashyolar asosida dori vositalar olish va yangi SAMlarni dorilar texnologiyasiga qo’llash” sohasida maktab yaratgan.

Kafedra bakalavriat talim yonalishi:

Farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, kasbiy ta’lim, biotexnologiya

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Anorganik kimyo

Analitik kimyo

Fizik kimyo

Kolloid kimyo

 

Kafedra professor-o’qituvchilari:

Yunusxo’jayev A.N. Kafedra mudiri, professor
Aminov S.N Professor
Olimov N.Q. Professor
To’xtaev X.R. Professor v/b
Cho’lponov K.A. Dotsent
Qurbonova M.M Dotsent
Fatxullaeva M. Dotsent
Saydalieva A.Q Katta o’qituvchi
Muxammedova B.I. Dotsent v/b
Raxmatullaeva M.M. Dotsent
Zokirova N.T. Katta o’qituvchi
Qosimova M.B. Assistent
Zaripova R. Assistent
Ruzmetov U. Assistent
Xamdamov O’.I. Assistent

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: Dori vositalari yaratish uchun mahalliy xomashyolarni qo’llab despers sistemalar va koordinatsion birikmalar olish , ularni modifikatsiyalash, kolloid-kimyoviy xossalarini o’rganish.

 2012-2015 yillarda bajarilayotgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlar:

Shifr Loyiharahbari Loyihanomi Loyihamablag’i (2012 y, mln.so’m)
1 ADSS-34,1

 

Yunusxo’jaev A.N.

 

“Mahalliy xomashyolar asosida yangi yod saqlovchi dori vositalarini ishlab chiqish va ularning dori shakllarini yaratish” 133 ,254

 

2 ADSS 15.28.1

 

  Mahalliy xomashyolar asosida antikoagulyant va antiagregant fitovosita – alltrombosepinni olish texnologiyasini ishlab chiqish. 80,5

 

3 A11-FK-0-10525-A11-020

 

Aminov S.N Mahalliy tabiiy xomashyolardan kollagen olish, hamda undan dori turlari yaratishning yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish 90,0

 

4 A11-001 Sharipov A.T. Mahalliy xomashyolarni qo’llab antitrombogen yumshoq dori shakllarining texnologiyasini ishlab chiqish.

 

 

2013- 2016-yillarda bajarilayotgan innovatsion loyihalar:

Shifr Loyihanomi Loyiharahbari FTRMK tomonidan Hissador

tashkilot

tomonidan

1 I6-SS-0-18508 “Mahalliy tabiiy xom ashyolardan olingan gipoglikemik taъsirga ega “Glikorazmulin” substantsiyasi va kapsula dori shaklini ishlab chiqarishni o’zlashtirish va tibbiyot amaliyotiga joriy etish”. Yunusxodjaev A.N.
2 I-2011-9-3 Sarimsoq piyoz spirtli ekstrakti (Spekgarlin) ning texnologiyasini, standartlash va sifat nazoratini o’zlashtirish hamda tibbiyotga qo’llashga joriy etish. Aminov S.N.  

 

3

I6-SS-O-18252

 

YAllig’lanish va gijja invaziyasiga qarshi “Mekritin” dori vositasining ishlab chiqarish texnologiyasini o’zlashtirish va tibbiyot amaliyotiga joriy etish Aminov S.N.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro‘yhati:

 

 

07.03.2017, 17:04   596