Akademik litsey va kasb-hunar kollej pedagoglari bilan ishlash bo’limi

Yuldashev Zokirjon Abidovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori, professor

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i, kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (13:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256-14-89

Veb-sayt:

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasi, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy printsiplari sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topshirig’i asosida Toshkent farmatsevtika institutida «Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi” tashkil etildi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i etib institutning 2011 yil 5 apreldagi 41-son buyrug‘iga binoan farm.f.n., dotsent G.S.Yusupova tayinlangan. 2013 yil sentyabr oyidan 2014 yil sentyabr oyiga kadar bo‘limga farm.f.n. N.A.Abduraxmonova rahbarlik qildi. 2014 yil sentyabr oyidan bo‘limga farm.f.d., prof. Z.A.Yuldashev rahbarlik qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrdagi 400-sonli Qarorida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun iqtisoslashtirilgan bazaviy va etakchi oliy ta’lim muassasalari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 1 iyuldagi “2010-2011 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi 131-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda institut qoshida tashkil etilgan akademik litsey va 2-tibbiyot kollejlari o‘rtasidagi hamkorlik ishlarini takomillashtirish maqsadida institutning 2010 yil 9 noyabrdagi 307-sonli buyrug‘i e’lon qilingan. Buyruqqa binoan institut qoshidagi akademik litsey va 2-tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlarini olib borish uchun ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Toshfarmi qoshidagi AL hamda RTK o‘rtasidagi hamkorlik ishlarining asosiy maqsad va vazifalari:

  • AL hamda RTK yangi pedagogik texnologiyalari, ilm-fan taraqqiyotidagi yangiliklarni o‘quv adabiyotlar, qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirish uslublarini ishlab chiqish;
  • O‘quv adabiyotlari: darsliklar hamda elektron darsliklar bilan ta’minlash ishlarini yaxshilash;
  • AL hamda RTK o‘qituvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari Axborot resurs markazidan va Internet tarmog‘idan foydalanishga ko‘maklashish;
  • AL va RTK yosh salohiyatli o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
  • Jahon ta’lim standartlarini o‘rganish, bemorlarni parvarishi va farmatsevtik yordam bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni amaliy darslarda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Akademik litsey va tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun oliy tibbiy ta’lim muassasalari klinikalarida hamda dorixona muassasalarida sifatli amaliyotni o‘tish uchun kerakli sharoitlarni tashkil etish.
  • Oliy tibbiy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirish istagi bo‘lgan iqtidorli yoshlarni bakalavriatda o‘qishini davom etishga qaratilgan aniq yo‘naltiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • AL hamda RTKlari pedagoglarining malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish (seminar, ochiq darslar, mavzuli ma’ruzalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyot darslarini tashkil etish).
  • Respublikamizdagi etuk professor-o‘qituvchilarni yosh istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarning malakalarini oshirishga jalb qilish;
  • Tibbiyot oliy ta’lim muassasasida malaka oshirish Markazlarida dars beruvchi pedagoglarning salohiyatiga, bilim va saviyasiga, o‘quv jarayonini zamon talablari darajasidagi usul-uslublariga tayangan holda ta’limning uzviyligini ta’minlab AL hamda RTKlari pedagoglarining malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish;
  • Etakchi xorijiy ta’lim muassasalari yangi pedagogik texnologiyalarni va standartlarini o‘rganish, solishtirish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • AL hamda RTKlari ma’muriyati tomonidan kollej o‘qituvchilari va muhandis-pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori va ijtimoiy maqomini, mas’uliyatini va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan aniq yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish.

Hozirgi kunda Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq mamlakatimizda va xorijda to‘plangan ilg‘or tajribalarga asoslangan holda yuqori darajada ma’naviy va ahloqiy sifatlarga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega bo‘lgan malakali kadrlar yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan qator tadbirlar amalga oshirmoqda.

2016-151   2016-152

Toshkent farmatsevtika instituti “Akademik litsey va kasb-xunar kollej pedagoglari bilan ishlash” bo‘limi tomonidan respublikadagi farmatsiya yo‘nalishi mavjud 44 ta KXK larga 53 ta 39 nomdagi adabiyotlar va 19 tadan turli xil reaktivlardan namunalar, jami: 2332 adabiyot va 836 ta reaktiv namunalari bilan amaliy yordam ko‘rsatildi. ”O‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi mavzuida seminar-treninglar tashkil etildi. AL, 2-RTK va Surxandaryo viloyatidagi 15 ta KXK larda 17 ta seminar-treninglar tashkil etilib, ularda 20 ga yaqin institutning etakchi professor-o‘qituvchilari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalar haqida qiziqarli ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Seminarda KXK pedagog va o‘quvchilari uchun tarqatma materiallar va ma’lumotlarning elektron versiyalari taqdim etildi, o‘quvchilar o‘z kichik bizneslarini tashkil etish uchun kerakli bilim darajasiga ega bo‘ldilar.

2016-153   2016-154

AL, 2-RTK va Surxandaryo viloyatidagi 15 ta KXK larda 17 ta seminar-treninglar tashkil etilib, ularda 20 ga yaqin institutning etakchi professor-o‘qituvchilari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalar haqida qiziqarli ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Seminarda KXK pedagog va o‘quvchilari uchun tarqatma materiallar va ma’lumotlarning elektron versiyalari taqdim etildi, o‘quvchilar o‘z kichik bizneslarini tashkil etish uchun kerakli bilim darajasiga ega bo‘ldilar.

“O‘zR Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash xamda O‘MKXT muassasa-larini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2012 yil avgust oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tassarufidagi “Farmatsiya” yo‘nalishi mavjud o‘rta maxsus kasb-hunar tibbiyot kollejlari pedagoglari uchun mutaxassislik fanlari bo‘yicha “master-klass”, seminar-treninglar tashkil qilindi. O‘zR Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “O‘MKXT muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1761-sonli qaroriga binoan O‘MKXTM rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonini ta’minlash maqsadida institut tomonidan briktirilgan AL va 2-RTK, shuningdek respublikadagi Farmatsiya yo‘nalishi mavjud tibbiyot kolejlarida jami 42 ta “master-klass” seminar treninglar tashkil etildi. Shulardan 12 ta seminar Toshkent shaxrida, 30 ta viloyatlar kesimida tashkil etilib, ularda institutning 44 ta etakchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminarda ta’lim jarayonida interfaol ta’lim uslublarini va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, mutaxassislikga oid yangiliklar to‘g‘risidagi ma’ruzalar eshitildi. Institut tomonidan KXK pedagoglari uchun 336 ta yangi chop etilgan adabiyotlar, 100 ta gerbariy va diskda ma’lumotlarning elektron versiyalari: adabiyotlar, ma’ruza matnlari, prezentatsiyalar va x.k. amaliy yordam sifatida taqdim etildi.

2016-155   2016-156

Tibbiyot kolleji farmatsiya bo‘limi pedagoglarini malakasini oshirish Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtlarni malakasini oshirish fakultetida “Tibbiyot kolleji farmatsiya bo‘limi pedagoglarini malakasini oshirish” yo‘nalishi bo‘yicha 17 viloyat tibbiyot kollejlardan, jumladan Samarqand Tayanch tibbiyot kolleji, Qorako‘l tibbiyot kolleji, Namangan Chortoq tibbiyot kolleji, Sirdaryo viloyati Guliston tibbiyot kolleji, Farg‘ona viloyati Qo‘qon tibbiyot kolleji, Jizzax viloyati G‘allaorol tibbiyot kolleji, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tibbiyot kolleji, Jizzax viloyati Jizzax tibbiyot kolleji, Toshkent viloyati Chirchiq tibbiyot kolleji, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellik Qal’a tibbiyot kolleji, Navoiy viloyati Zarafshon tibbiyot kolleji, Buxoro viloyati Afshona tibbiyot kolleji, Toshkent viloyati Bekobod shaxar tibbiyot kolleji, Namangan viloyati Qayqi savdo umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kolleji, Jizzax viloyati Jizzax tibbiyot kolleji, E.I. Otaxonov nomli Namangan tibbiyot kolleji, Navoiy viloyati Xatirchi tibbiyot kollejlaridan o‘qituvchi va pedagoglar malakasini oshirdilar.

2016-157   2016-158

Toshkent farmatsevtika institutiga qo‘yidagi kollej va akademik litseylar biriktirilgan:

  • Toshfarmi qoshidagi Akademik litsey
  • 1-Respublika tibbiyot kolleji
  • 2-Respublika tibbiyot kolleji
  • Olmazor tibbiyot kolleji
  • Shayxontohur tibbiyot kolleji
  • Termez t.k, Termez oziq-ovqat sanoati KHK
  • Sho‘rchi t.k, SHo‘rchi engil sanoati
  • Kumqo‘rg‘on engil sanoati KHK, Kumqo‘rg‘on Boymoqli maishiy xizmat KHK
  • Denov t.k, Denov engil sanoati KHK
  • Sariosiyo t.k, Oltinsoy maishiy xizmat KHK
  • Boysun maishiy xizmat KHK
  • Sherobod t.k, SHeroobod va Qiziriq maishiy xizmat KHK
  • Uzun maishiy xizmat KHK

 

06.05.2016, 13:04   557