«Sport – nafislik va salomatlik manbai»

26.02.2015, 15:12 Institut yangiliklari 399

2015-yil 25-fevral kuni soat 10-00 da  O‘zbekiston Milliy Universitetining sport zalida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan vazirlik, idora, tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport festivali o‘tkazildi.

Festivalda Toshkent farmatsevtika instituti xodimlari, o‘qituvchilari ishtirok etib, “Eng chaqqon jamoa” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldilar hamda “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandilar.