“SPEAK  ENGLISH  ONLY”(Ingliz tilida gaplashamiz) talabalar festivali

03.06.2017, 17:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 480

2017 yil 31 may kuni Tillar kafedrasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-qarori ijrosini ta’minlash hamda talaba yoshlar orasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “SPEAK  ENGLISH  ONLY”(Ingliz tilida  gaplashamiz) talabalar festivalini o‘tkazdi. Ushbu festivalda talabalar tomonidan ingnliz tiilida tayyorlangan prezintatsiyalar,  videoroliklar, qo‘shiqlar namoyish etildi. Festival ishtirokchilari va hay’at a’zolari 1 kurs talabasi M.Abdunazarova, 3 kurs talabalarining “O‘zbekiston tarixiy shaharlari. Buxoro”, 2 kurs talabalarining “O‘zbek talabalari chet elda”, “Mening ustozlarim va institutim” mavzularidagi videoroliklarini yuqori baholashdi. Eng yaxshi chiqishlar institut rahbariyati tomonidan “Eng yaxshi videorolik-Gran-pri”, “Eng yaxshi monolog-prezentatsiya” , “Eng yaxshi musiqali rolik”,”Faoli ishtiroki uchun” kabi sertifikatlar bilan rag‘batlantirildi. Sertifikatlarni ishtirokchilarga tantanali ravishda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor R.T.To‘laganov topshirdi. Tadbirda 80dan ziyod talabalar ishtirok etishdi.