Sovrindorlarni qutlaymiz!

07.12.2017, 18:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1071

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra  2017-yil 10-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida  «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni ta’sis etildi.

”O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Esdalik nishonining qalinligi – 2,2 millimetr.

Uning old tomoni markazida oq emaldan ishlangan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Yulduz markazida, taralayotgan quyosh nurlari fonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining rangli emaldan ishlangan hilpirab turgan tasviri aks etgan.Yulduzning tepa qismida balandligi 3,5 millimetr bo‘lgan «25» yozuvi, pastki qismida esa balandligi 2,5 millimetrli «yil» yozuvi joylashgan. Esdalik nishonining pastki qismida, sakkiz qirrali yulduz ostida moviy rangdagi emaldan ishlangan ochilgan holatdagi kitob – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tasviri aks ettirilgan.

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shgan fuqarolarni taqdirlash maqsadida ta’sis etildi.

Institutda uzoq yillardan beri mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar mazkur nishon bilan taqdirlandilar. Ular quyidagilar:

1.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev

2.Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor R.T.Tulyaganov

3.Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani professor H.S.Zaynutdinov

4.AAFK kafedrasi professori O.A.SHobilolov

5.Institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.K.Ismailov

Sovrindorlarni mazkur mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!