Sovrin muborak!

29.11.2017, 18:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 653

     

2017-yil 28-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining 4-sonli navbatdagi ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengashda 2017-2018 o‘quv yili uchun Islom Karimov Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talaba Sanoat farmatsiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Malikova Madina Anvarovna sazovor bo‘lib, Vazir  I.U. Majidov tomonidan imzolangan GUVOXNOMAni institut rektori X.K.Djalilov tomonidan tantanali topshirildi.

    

Shuningdek ilmiy kengashda 2017-2018 o‘quv yili uchun Ibn Sino Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan farmatsiya fakulteti 5-kurs talabasi Sunnatov Shukurulloh Xikmatilla o‘g‘li sazovor bo‘lib, Vazir I.U.Majidov tomonidan imzolangan GUVOXNOMAni institut rektori X.K.Djalilov tomonidan tantanali topshirildi. Institut rektori X.K.Djalilov yuqorida tilga olingan talabalarga bu kabi yutuqlar bilan tabriklab, kelgusida farmatsevtika soxasida yetuk kadrlar bo‘lib kamol topishlarida omad tiladi.