Soliq bilimdonlari respublika tanlovining saralash bosqichi

25.03.2016, 14:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 314

“O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalalarida “Soliq bilimdonlari” respublika tanlovining saralash bosqichi  2016-yil 24-mart kuni soat 10-00 da Toshkent farmatsevtika institutida  tashkil etildi. Tanlovda Xakamlar hay’ati tomonidan  har bir komandaning shartlar bo‘yicha chiqishlari baholandi. Tanlovda ToshFarMI, TTESI, TAYI va TKTI jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tanlov 4 bosqichda o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda jamoaning har bir shart bo‘yicha chiqishlari ikita shart 5 ball ikkita shart 10 ballik tizimda baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagicha baholandi va Hakamlar hay’ati tomonidan saralash  bosqichda ishtirok etuvchi jamoa e’lon qilindi.

  •        Tash farmi “Yosh kuch” jamoasi  – 141 ball
  •       TKTI   rezdentlar jamoasi  – 135 ball
  •       TAYI  jamoasi  -125 ball
  •       TTESI  jamoasi  -116 ball

 

Saralash bosqichida ishtirok etgan institutlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Soliq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi g‘olibi “Yosh kuch” jamoasi deb topildi va hududiy bosqichda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hududiy bosqich joriy yilning aprel oyida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida o‘tkaziladi.

2016_99      2016_100

2016_102      2016_101