Sog‘lom turmush tarzi – inson salomatligi garovi

14.03.2017, 17:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 493

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 4 martdagi 87-02-767-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tillar kafedrasi  hamda Tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi, Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika instituti bilan hamkorligida 2017 yil 14 mart kuni soat: 12-00da ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ichkilikbozlik va giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi omillar”, “Sog‘lom turmush tarzi – inson salomatligi garovi” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchi shifokorlari Sh.Siddiqova, M.Musaeva, Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokori M.Sultonov, STTSH bo‘yicha hamshira G.O.Elaxunova,  hamda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ya.Saidova, Tillar kafedrasi o‘qituvchilari D.Q.Xudoyqulova, Sh.Matyusupova, Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talabalari ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 50 nafarni tashkil etdi. Tadbir jarayonida soha mutaxassislari tomonidan qiziqarli ma’ruzalar tashkil etildi.

     

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi