“Sog‘lom oila – obod turmush garovi”

05.05.2016, 10:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 568

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jumladan, erta nikohning salbiy oqibatlari, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olish hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut faollar zalida 2016 yil 3 may kuni soat 15-00 da “Sog‘lom oila – obod turmush garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ya.Saidova ochib berdi. Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi F.A.Saydalieva “Sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir so‘ngida “Oila tinchi – hayot sevinchi” mavzusidagi film namoyish qilindi.

2016-230     2016-231