«Siz Vatan ardog‘idasiz»

11.05.2015, 11:46 Institut yangiliklari 445

2015-yil 7-may kuni institut “Xotin-qizlar” qo‘mitasi, “Ustoz-murabbiy” kengashi tashabbusi bilan Urush va mehnat fahriylari uchun Respublika pansionatiga tashrif uyushtirildi. Tashrif chog‘ida urush va mehnat fahriylari ishtirokida “Siz Vatan ardog‘idasiz”, “Obro‘ – yuksak, xotira – muqaddas” mavzularida suhbatlar tashkil etildi.

Tadbirda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v/b M.Y.Saidova, “Ustoz-murabbiy” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, o‘qituvchi-murabbiylar, farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdi. Suhbat yakunida urush va mehnat faxriylariga estalik sovg‘alari taqdim etildi.