«Shu aziz Vatan – barchamizniki»

04.05.2015, 12:31 Institut yangiliklari 314

Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ta’lim-tarbiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni keng yoritish maqsadida, 2015-yil 4-may kuni soat 14-00 da institut faollar zalida “Shu aziz Vatan – barchamizniki” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tibbiy xizmat podpolkovnigi, Qurolli Kuchlar faxriysi, Sog‘liqni saqlash a’lochisi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Iskandar Rahmon, O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktrisasi Hosiyat Xusanova, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti “O‘zbekiston tarixi va demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Turdimurotov Yangiboy Allamurodovichlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.Tadbir jarayonida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi Zohid Yusupov vatanparvarlik tuyg‘ularini targ‘ib qiluvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.