Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-17 08:36:49
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi o'qituvchilarining Mirobod tumanidagi 294-maktabga navbatdagi tashrifi.

 

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli "Kimyo va biologiya sohasida uzluksiz ta'lim sifati va ilmiy natijalarni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil 17 aprel kuni Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi o'qituvchilari Mirobod tumanida 294-umumta’lim o’rta maktabiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdilar. Tashrif davomida farmatsevtika fanlari doktori, dotsent M.M.  Rahmatullayeva va  assistent X.A.  Aliqulova 7 "B" sinf o'quvchilari uchun "Asoslarning xossalari" mavzusida mahorat darsi o'tkazdilar.  Dars davomida dotsent M.M.Rahmatullayeva o’quvchilarni mavzuning nazariy asoslari bilan batafsilroq tanishtirdi va X.A.Aliqulova tomonidan o'tkazilgan tajribalar ushbu mavzuning nazariy asoslarini asoslab berdi.  Talabalar katta ishtiyoq bilan darsni tomosha qildilar va dars davomida mavzuning asosiy fikrlarini daftarlariga yozib oldilar.  Dars yakunida talabalar mavzu bo'yicha savollar berishdi, dars tashkilotchilari o'z navbatida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.  Tashrif yakunida Toshkent farmatsevtika instituti noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi o'qituvchilari va 294-sonli maktab ma'muriyati ta'lim sifatini oshirish bo'yicha qo'shma hamkorlik to'g'risida kelishib oldilar.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating