Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-25 11:52:10
  • 6 comments
Toshkent shahrida joylashgan Kamoliddin Bexzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga institut talabalarining tashrifi uyushtirildi

 

Davlatimiz rahbari yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda madaniyat va san’at sohasining, xususan, teatr va kino san’ati hamda muzeylarning roli nihoyatda muhimligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqdalar. Shuning uchun, madaniyat va san’at maskanlaridan, ayniqsa teatr, kino va muzeylar imkoniyatlaridan yoshlar tarbiyasida keng foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 26 - maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000 – son farmonida ham talabalarni teatr, kino, muzey va boshqa madaniyat muassasalariga keng jalb qilish vazifasi belgilangan. Shu maqsadda institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2021 - yil 25 - mart kuni institut talabalari Kamoliddin Bexzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida muzey faoliyati, undagi noyob anjomlar, eksponatlar bilan yaqindan tanishildi. Talabalar muzeyda mavjud eksponatlar bilan yaqindan tanishish jarayonida ularda katta taassurot uyg‘otdi. Muzey xodimlari talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib bordi.

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

                                                                                                                                                                                                                                                              bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating