Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-25 11:46:30
  • 6 comments
Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi

 

 

 “Toshkent farmatsevtika institutida 2020-2021  o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan  ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar  rejasi”ning 37-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 31 dekabr kunidagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida talabalar o‘rtasida guruh murabbiylari “Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i” ekanligi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga “O‘tgan kunlar” spektaklini namoyish etdi. Mazkur tadbirga jami 250 nafar  institut professor-o‘qituvchilari va talabalari jalb etildi.

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating