Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-24 18:18:25
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida festival tashkil etildi

 

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 4-bandi ijrosi yuzasidan Adiblar xibonida 5 ta muhim tashabbusga bag‘ishlangan “Adabiyot haftaligi” doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida o‘tkaziladigan talabalar festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 87-06-270-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida festival tashkil  etildi.

Festival quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etildi:

     Talaba-yoshlar o‘rtasida Adiblar xiyobonidagi shior, yozuvchi va ijodkorlar tarixini o‘rganish ularning ijodiy faoliyatini yoshlar ongiga singdirib borish maqsadida “Eng yaxshi fotosuratlar” ko‘rgazmasi tanlovi;

     Talaba-yoshlarning savodxonligi, nutqi va ijodkorligini boyitish maqsadida soxa vakillari ishtirokida “She’riyat kechasi”;

     Talaba-yoshlarning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari, aql salohiyatlarini oshirib borish maqsadida “Shaxmat” musobaqasi;

     Talaba-yoshlarning dizaynerlik qobilyatini namoyon qilish, ularni mualliflik va dizaynerlik sohasiga qiziqishlarini oshirish maqsadida “Liboslar ko‘rgazmasi”;

     Yoshlarning o‘zbek milliy, an’anaviy maqomchilik san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda ularning ongiga Vatan tuyg‘usini jo etish maqsadida Adiblar xiyobonidagi shoir va yozuvchi, ijodkorlar ijodidan hududiy an’analardan kelib chiqqan holda musiqiy mahoratlarini jonli namoyish etish.

     Mazkur festival doirasida o‘tkazilgan tanlovlarda talabalar faol ishtirok etdi va tadbir yakunida institut rektori tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating