Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-24 05:38:10
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

 

 

        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 4-bandi ijrosi yuzasidan Adiblar xibonida 5 ta muhim tashabbusga bag‘ishlangan “Adabiyot haftaligi” doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida o‘tkaziladigan talabalar festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 87-06-270-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida festival tashkil  etildi. Mazkur festival doirasida institut talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

O‘g‘il bolalar

I  o‘rinni: A.Po‘latov Farmatsiya fakulteti 4 kurs talabasi 411 B guruh talabasi.

II  o‘rinni: B.Norpolvonov Farmatsiya  fakulteti 1 kurs 108 B guruh talabasi.

II  o‘rinni: M.Nuriddinov Farmatsiya  fakulteti 1 kurs 108 B guruh talabasi.

Qiz bolalar

I  o‘rinni:  D.Qo‘shboqova Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1 kurs  107 A guruh talabasi.

II  o‘rinni:  A.Yusupova Farmatsiya  fakulteti 2 kurs  212 A guruh talabasi.

III o‘rinni:  Z.Masharipova Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs  204 A guruh talabalari qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblariga institut rektori tomonidan diplomlar taqdim etildi.

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

                                                                                                                                                                                          bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating