Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-17 04:27:32
  • 6 comments
“Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida o‘tkazilgan festival doirasidagi “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 87-06-270-sonli xati hamda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilning 16 mart kuni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Toshkent Davlat Transport Universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Yoqutxon Xakimova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi B.X.Boltaeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova, O‘zbek tili va adabiyoti kafedra mudiri dotsent S.M.Tuychieva hamda talabalar ishtiroki ta’minlandi. Institut talaba-qizlari orasida “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda talaba-qizlari tomonidan 1-shart bo‘yicha “Tanishtiruv”, 2-shart bo‘yicha “Soch o‘rish”, musiqiy tanaffusda liboslar namoyishi, 3-shart “Pazandalik mahorati”, 4-shart “Erkin mavzu” hamda 5-shart ishtirokchi talaba-qizlarning qiziqishlari namoyish etildi. Shuningdek, “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning birinchi hamda beshinchi tashabbusi doirasida ko‘rgazmalar tashkil etildi. Talaba-qizlar o‘z bilimi, iqtidori, qobiliyati va tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating