Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-15 12:56:37
  • 6 comments
“Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Talabalar turar joyi”da “Kafedra kuni” o’tkazildi

 

Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli “Talabalar turar joyi”da, 10-mart kuni soat 16:00 da, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor-o’qituvchilari A.M.Usubbaev, G.R.Raximova, K.R.Ramazonova, F.B.Ismoilovalar tomonidan “Mohir qo’llar” kechasi tashkil qilindi.Tadbirda 1- va 2-“Talabalar turar joyida” yashovchi talabalar qatnashdilar.

“Mohir qo’llar” kechasida kafedrasining professor-o’qituvchilari A.M.Usubbaev, G.R.Raximova, K.R.Ramazonova, F.B.Ismoilovalar tomonidan to’qishning sir-asorlari,taqinchoqlar yasashning turli usullari ko’rsatib berildi. Hamda talabalar amaliy ko’nikmaga ega bo’lib o’zlari kecha davomida mustaqil sharflar, nimchalar, bosh kiyimi to’qidilar va qo’lga taqiladigan taqinchoqlar yasadilar.Qiziqarli va hayot davomida kerakli ko’nikma uchun talabalar kafedra xodimlariga minnatdorchilik bildirdilar.

Taklif va mulohazalaringizni jonating