Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-15 12:16:48
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli “Talabalar turar joyi”da, 9-mart kuni soat 16:00 da

Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli “Talabalar turar joyi”da, 9-mart kuni soat 16:00 da, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor-o’qituvchilari X.M.Yunusova, N.A.Azimova, Z.X.Zufarova va Sh.U.Pardaboyevalar tomonidan “Ayol dunyoni tebratar” kechasi tashkil qilindi.

Tadbirda 1- va 2-“Talabalar turar joyida” yashovchi talabalar qatnashdilar.

“Ayol dunyoni tebratar” kechasida kafedrasining professor-o’qituvchilari X.M.Yunusova, N.A.Azimova, Z.X.Zufarova va Sh.U.Pardaboyevalar tomonidan taqdimotlar qilinib, unda DUNYODA O'Z NOMI bilan qolgan ayollarimizdan To'maris, Nodirabegim, Bibixonim, Zulfiya, Uvaysiy, Turkon Xotun va boshqa ko'plab ayollarimizni dunyoda o'zlaridan qoldirgan amallari haqida suhbatlar olib borildi. Kafedra xodimlari tomonidan oilada ayolning o'rni haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Talabalar o'zlarini “AYOL DUNYONI TEBRATAR” mavzusiga doir fikrlarini bayon etishdi.Qiziqarli va muhokamaga boy kecha uchun TTJ talabalari kafedra xodimlariga minnatdorchilik bildirishdi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating