“She’riyatimiz sohibqironlari”

15.02.2018, 10:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 298

 Ma’lumki, yoshlarni vatanga muhabbat, milliy g‘oya asosida tarbiyalash o‘tmish ajdodlarimiz merosi, an’anasi, qadriyatiga yo‘g‘rilgan holda amalga oshiriladi. Bu borada adabiyotning, so‘z san’atining o‘rni beqiyosdir. Shu sababli institut talabalari o‘rtasida badiiy adabiyotgan bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, o‘zbek adiblari ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar tashkil qilinmoqda.

     

     

Har yili taniqli shoirlar, yozuvchilar hamda o‘zbek xalqining sevimli mutafakkiri Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kechalarini nishonlash bir an’anaga aylanib ulgurgan. Bu yil ham mana shu an’anani davom ettirgan holda Toshkent farmatsevtika institutida 2018-yil 14-fevral kuni soat 14-00 da faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligini keng nishonlash maqsadida “She’riyatimiz sohibqironlari”, “Biz buyuk ajdodlar vorislarimiz!” kabi mavzularda adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda notiq R.Jumaniyozov, adabiyotshunos olimlar, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Sharq musiqasi” fakultetining An’anaviy xonandalik yo‘nalishi talabalari hamda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida o‘zbek xalqining zabardast ijodkorlari qoldirgan adabiy meroslardan bahramand etishga alohida e’tibor qaratildi. Soha mutaxassislari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin  Muhammad Bobur ijodida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, yoshlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga oid ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Sharq musiqasi” fakultetining An’anaviy xonandalik yo‘nalishi talabalari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin  Muhammad Bobur ijodiga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda jami 250 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.