She’riyat – xalq dardi va tashvishi

26.12.2016, 11:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 396

 

O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unitilmas hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbati va sadoqati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib, institutda shoir tavalludining 80 yilligini keng ma’noda nishonlash hamda O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2016 yil 7 dekabrdagi PQ-2668-sonli qarorida belgilangan vazifalar va O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 10 dekabrdagi 501-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 23 dekabr kuni XDPning Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda ”She’riyat – xalq dardi va tashvishi” mavzuida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda filologiya fanlari nomzodi, professor O.Madaev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib, adabiyotshunos olim I.G‘ofurov, shoira “Shuhrat” medali sohibasi M.Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari qiziqarli ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.Tadbirda xonandalar O.Mirzaev va Sh.Murodovlar ishtirokida shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlardan ijro etildi.Tadbirda institut talbalari ijrosida E.Voxidov she’rlaridan ijro etildi. Tadbir barchada katta taasurot qoldirdi.

IMG_4231     IMG_4245

IMG_4306     IMG_4375

IMG_4252     IMG_4250