«She’riyatimiz sohibqironi»

10.02.2015, 14:20 Institut yangiliklari 266

2015-yil 9 -fevral  kuni soat 15-00 da institut faollar zalida talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, o‘zbek mumtoz adiblari ijodi bilan tanishtirish hamda Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligini keng nishonlash maqsadida “She’riyatimiz sohibqironi”, “Biz buyuk ajdodlar vorislarimiz!” kabi mavzularda adabiy-badiiy kecha  tashkil etildi. Tadbirni institut rektori, professor Yunusxo‘jayev Ahmadxo‘ja Nig‘monovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, folklorshunos olim Omonulla Madayev “Badiiy adabiyotda so‘z mahorati” (Navoiy ijodi misolida) mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “So‘z mulkining sultoni – Alisher Navoiy” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov Navoiy g‘azallaridan namunalar ijro etdi, O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan artist Munojat Teshaboyeva, O‘zbek drama teatri artisti To‘xtaxon Suxrobova  Navoiy g‘azaliga bastalangan qo‘shiqlardan ijro etishdi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbirdan lavhalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali 10-fevral kuni namoyish qilindi.