“Sen baribir muqaddassan – muqaddas ayol”.

09.03.2017, 09:23 Tadbirlar 396

Vatanga, oilaga, hayotga va kelajakka ehtirom — ayolga, onaga ehtiromdan boshlanadi. Ayolini asragan el qudratli, onasini e’zozlagan farzandning tolei baland bo‘ladi. Zero, dunyodagi jamiki buyuk zotlar, jahongirlar oqila va dono onalar, go‘zal tabiatli ayollar bag‘rida o‘sib-ulg‘ayishgan. Shu bois ham ayolni azaldan muqaddas bilib, unga hurmat-izzat ko‘rsatilgan.

Istiqlol bois o‘zbek xotin-qizlarining baxtu iqboli ochildi. Hozirgi kunda davlatimizning yuksak unvonlari va orden-medallariga sazovor bo‘lgan turli kasb sohibalarini, fidoyi va mehnatkash ayollarimizni sanab sanog‘iga etolmaysiz. Darhaqiqat, bugun o‘zbek ayollari davlatimiz va jamiyatimizning ardog‘ida, e’tiborida. Hozirgi kunda onalik va bolalikni muhofaza qilish, opa-singillarimizning og‘irini yanada engillashtirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, lo‘nda qilib aytganda, ayollik baxtini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugun o‘zbek ayolining qalbiga quloq tutsangiz, hayotidan behad mamnun ekanligini, shodonligini eshitasiz. U bilan birga quvonib, uning baxtli damlari uchun istiqloldan minnatdor bo‘lasiz. Shubhasiz, ayoli e’zozlanayotgan go‘zal va obod yurtning ertangi kuni ham nurafshondir.

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi farmatsevtika sohasida ham ayollarimiz barchaga o‘rnak bo‘lib, respublika miqyosida olib borilayotgan turli ko‘rik –tanlovlarda ishtirok etib bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

     

Bugungi kunga kelib Toshkent farmatsevtika institutining 14 ta kafedrasida, asosiy o‘rinda 210 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ularning 32 nafari professor va fan doktorlari, 101 nafari dotsent va fan nomzodlari, 1  nafari “O‘zbekiston fan arbobi”, 17 nafari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi va 1 nafari “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi”  hisoblanadi. Institut talabalar soni 1735 nafarni tashkil etadi. Shulardan 449 nafar ayol xodimlar bulardan: 223 nafar professor-o‘qituvchi ayollar, 226 nafar xodim ayollar va  691 nafar talaba-qizlarni tashkil etadi. Bulardan 17 nafari fan doktorlari, 65 nafari fan nomzodi va 49 nafar iqtidorli talaba-qizlardan iborat. Hozirgi kunda institut rektori professor, X.K.Djalilov faoliyat olib bormoqda.

     

2016 yil – “Sog‘lom ona va bola yili”da Respublikada “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovida g‘olib  deb topilganligi munosabati bilan  institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Saidova Mamlakat Yadgarovna birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentining 2016 yil 14 yanvardagi 9-sonli majlis bayoni, 2016 yil 28 iyundagi 07-06-16-sonli topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 19 iyuldagi 292-sonli buyrug‘iga asosan “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi insholar tanlovining yakuniy respublika bosqichida institut farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 1/2 guruh talabasi Norqulova Gulxayo Shuhrat qizi 1-o‘rinni egallaganligi uchun faxrli diplom bilan taqdirlandi.

Har o‘quv yilida “Dori-darmon” AK tomonidan institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida “Dori-darmon” stipendiyantlariga sertifikatlar taqdim etiladi. Bu yil ham mana shu an’anani davom ettirgan holda institutning 3 nafar iqtidorli talaba-qizlarga “Dori-darmon” AKning sertifikatlari taqdim etildi. Shuningdek, institut qoshidagi Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi tomonidan 3 nafar talaba-qizlarga professor “Manon Azizov” nomidagi stipendiya sertifikatlari topshirildi. Bu kabi xayrli ishlar zamirida nafaqat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash balki ilm istagi bilan yonib yashayotgan yoshlarni kashf etish, ularni munosib rag‘batlantirish va kelajakda o‘z kasbining mohir mutaxassisi bo‘lib shakllanishida yaqindan ko‘mak berishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-2326-sonli Farmoniga muvofiq, mazkur ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida institutning 2 nafar talaba-qizlari ishtirok etib, Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Bugun o‘zbek ayolining qalbiga quloq tutsangiz, hayotidan behad mamnun ekanligini, shodonligini eshitasiz. U bilan birga quvonib, uning baxtli damlari uchun istiqloldan minnatdor bo‘lasiz. Shubhasiz, ayoli e’zozlanayotgan go‘zal va obod yurtning ertangi kuni ham nurafshondir.

     

Istiqlol mamlakatimiz xotin-qizlarining jamiyat taraqqiyotida yanada faol ishtirok etishlariga katta imkon yaratdi. Bu kunning ayoli ilmi, iqtidori, iste’dodi va o‘zgacha shiddati bilan dunyoni yana bir karra qoyil qoldirmoqda. Bugungi kunning zamonaviy ayollari jamiyatimizda qanchadan-qancha marralarni zabt etmoqda. Shu bois ham yurtimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor nihoyatda katta hamda ularga bag‘ishlab o‘tkaziladigan bayramlarimiz, tadbirlarimiz o‘zgacha ruhda olib boriladi. Institutda har yili 8 mart – “Xotin-qizlar” kuni bayrami professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida keng nishonlanib kelinadi. Bu yil ham mana shu an’anani davom ettirgan holda 8 mart – “Xotin-qizlar” kuni  munosabati bilan 2017 yil 6 mart kuni soat 14-30da O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Sen baribir muqaddassan – muqaddas ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

     

     

Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari G‘ulomjon Yoqubov, Zamira Suyunova, Kozim Qayumov, “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdieva, Ruxshona, O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi dotsenti Salohiddin Azizboev, So‘z ustasi, “Handalak” guruhi qiziqchisi  Zokir Ochildiev va taniqli xonandalar, yosh iqtidorli san’atkorlarlar ishtirok etishdi. Bayram munosabati bilan institutda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, ularni barkamol, komil inson qilib tarbiyalashda faol xizmat ko‘rsatayotgan va ish faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan 46 nafar ustozlar va xodimlar institut Xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Tadbir hamkorlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent farmatsevtika instituti.

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

Ashurova Nigora Xayitovna