«Sen baribir muqaddassan – ayol»

09.03.2015, 15:47 Institut yangiliklari 510

2015-yil 7-mart kuni soat 13-30 da institut faollar zalida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan – ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va institut tizimida ko‘p yil fidokorona va halol mehnat qilib kelayotgan 6 nafar xodimlar Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mirobod tuman hokimligining “Fahriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilxom Farmonov ijrosida  kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ajoyib raqslar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi  va ayollarni madh etuvchi she’rlar aytildi. Tadbirda sanoat farmatsiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan roliklar barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbirda jami 250 nafar rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.