«Saylov huquqi sud hokimiyati himoyasida»

20.02.2015, 10:07 Institut yangiliklari 337

2015-yil 19-fevral kuni soat 14-30 da institut faollar zalida “O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar, fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunini institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga tushuntirish, ularning siyosiy huquqi va madaniyatini yuksaltirish, internet tarmoqlari tomonidan bo‘layotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, diniy ekstremistik, terroristik va fundamentalistik mafkura va qarashlarni, millatlararo va diniy ziddiyatlarni targ‘ib qiluvchi oqimlarning asosiy maqsadini fosh etish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 4-fevraldagi 87-02-243-sonli va 13-fevraldagi 87-02-343-sonli xatlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Saylov huquqi sud hokimiyati himoyasida”, “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, internet saytlarning ma’naviy tahdidlari” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Mirobod tuman prokuror yordamchisi Shukrullaeva Mohira Ergashboyevna, Toshkent shahar Mirobod tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Yulchiyev Otabek To‘lqunovich hamda institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirni ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda jami 220 nafar talaba va 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, murabbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi “Nihol” mukofoti sovrindori Yulduz Nizomiddinova tashrif buyurdi va o‘zining kuy-qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdi.