Saylov demokratik jamiyat mezoni

28.10.2016, 12:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 614

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan mazkur siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi izchil amalga oshirilayapti. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida fuqarolarning saylash hamda saylanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash maqsadida saylovga yuksak demokratik darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishning huquqiy kafolatlari yaratildi. Joriy yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq holda, jamiyatni isloh qilish va demokratlashtirish yanada chuqurlashgan, ijtimoiy faollik o‘sgan, fuqarolarning mas’uliyati hamda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarga, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlariga talabchanligi oshgan bir sharoitda bo‘lib o‘tadi.

Institut talablari saylovda ovoz berish huquqiga egadirlar.Saylovlarni tashkil etilishi, ularda siyosiy partiyalarning roli,saylov jaryoyonining borishi to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borilyapti. 2016 yil 27 oktyabr kuni soat 14-30 da institut majlislari zalida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvni institut rektori professor A.N.Yunusxo‘jaev kirish so‘zi bilan ochib berib tadbirning mazmun-mohiyati bilan talabalarni tanishtirdilar o‘z ma’ruzalarida quyidagilarni ta’kidladilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi demokratik saylov qonunchiligi tizimining asosi sanaladi. Asosiy Qonunimizning 7-moddasiga ko‘ra, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Saylov jarayonining demokratik prinsiplari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar,siyosiy partiyalar, ular tavsiya etgan nomzodlar haqida ma’ulmotlar berdilar. Tadbir davaomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot oldilar. Tadbirda 220 nafar talabalar ishtirok etdi.

IMG_0065     IMG_0080

IMG_0096     IMG_0082