Sanoat farmatsiyasi fakulteti sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 104 A,B guruh talabalari va guruh rahbari, DVSSM kafedrasi assistenti SH.X.Yuldashevaning 22-sonli mehribonlik uyiga tashrifi

21.12.2019, 14:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 470

19-dekabr 2019-yilda Sanoat farmatsiyasi fakulteti sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 104 A va B guruh talabalari va guruh rahbari, DVS va SM kafedrasi assistenti SH.X.Yuldasheva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi A.R.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyiga yangi yil sovg‘alari bilan tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida 1 korpus 7-sinfgacha bo‘lgan bolalarga Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 104 A va B guruh hamda guruh rahbari SH.X.Yuldashevalar tomonidan sovg‘a va shirinliklar taqdim etildi, 5 ta tashabbus bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

      

DVS va SM kafedra mudiri: F.S.Jalilov