“Samarqand shahriga tashrif”

12.05.2017, 09:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 824

Ma’lumki, xotira, qadr, mehr tushunchalari bir-biriga shunchalik yaqin va mohiyatdan ajralmaski, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Aslida insoniylik belgilari mana shu hislatlarni nechog‘liq dilga jo eta olishda ko‘rinsa ajabmas. O‘tganlar ruhini shod etish, tiriklarni qadrlash o‘zbek millatiga xos bo‘lgan insoniy fazilatlardan biridir. Vatan, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun jon fido qilgan vatandoshlarimiz, yaqin insonlarimizning ruhi-poklarini xotirlab, ular poyiga gulchambarlar qo‘yish esa har birimizning azaliy burch va iftixorimizga aylanmog‘i kerak. Chunki,  o‘tganlar jamiki avlod-ajdodlarimiz ruhiga bo‘lgan hurmat, e’zoz va e’tibor, ayniqsa, tiriklar ko‘nglini olish, ularning og‘riqli dardlariga malham bo‘lish, bir bora bo‘lsada eshik qoqib ulardan hol-ahvol so‘rash nafaqat  9 may “Xotira va qadrlash kuni” kundalik hayotimizning har kunida doimiy an’anaga aylanib borishi lozim. Shundagina, insonlarda bir-biriga bo‘lgan insoniylik, odamiylik va hurmat singari ezgu fazilatlar shakllanib borishiga ishonamiz.

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865-sonli Qarori hamda umumxalq bayrami 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida 2017 yil 6-7 may kunlari institut kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan institut kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida Samarqand shahriga tashrif uyushtirildi. Tashrif chog‘ida Imom al-Buxoriy, Shohi Zinda, Qusam ibn Abbos majmualari, Bibixonim Jome masjidi, Go‘ri Amir Xoja Abdu Darun maqbaralari, Ulug‘bek madrarasi, rasadxonasi kabi ko‘plab me’moriy obidalarga tashrif buyurishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov  qabri ziyorat qilindi. Sayohat davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va  mustahkamlanishi tarixi yana bir bor yodga olindi. Samarqand shahriga tashrif chog‘ida o‘zbek xalqining dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘tmish ajdodlarimizning adabiy, ilmiy merosi bilan yaqindan tanishildi va san’at asarlari, memoriy obidalarning tarixiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Sayohatga jami 20 nafar rahbar xodimlar jalb etildi.

    

     

Toshkent farmatsevtika instituti

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

Ashurova Nigora xayitovna