Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasblar va bo‘lajak dorishunoslar!

Mustaqillik tufayli mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga alohida e’tibor berilib, yuksak salohiyatli kadrlar zamon talabidir. Kadrlar tayyorlash borasida jahondagi ko‘pgina davlatlar tomonidan e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturimiz barcha sohalar taraqqiyoti orqali xayotda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda Toshkent farmatsevtika instituti mintaqamizdagi mazkur yunalishdagi yagona oliy ta’lim muassasasidir. Institut 2017 yilda o‘z 80 yillik yubileyini nishonlaydigan  salohiyatli oliygohlardan.

Farmatsevtika sanoati bugungi kunda mamlakatimizda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan biridir. Institut farmatsevtika soxasini rivojlantirish uchun har yili 300 dan ziyod kadrlarni xalq xo‘jaligiga etkazib bermoqda. Institutimizda 2 ta fakultet bakalavriatura va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlamoqda. Institutda farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetlarida 6 mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Toshkent  farmatsevtika instituti – bu yuksak ilmiy-pedagogik salohiyatga ega, ilm olishning keng imkoniyati, xalqaro aloqalar taraqqiy topgan, yuksak mutaxassislarni tayorlovchi oliy o‘quv muassasasining zamonaviy ko‘rinishidir. So‘nggi yillarda institut yanada chiroyli, fayzli bo‘lib, yaxshi an’analar yo‘lga qo‘yildi, moddiy-texnik baza yaxshilandi. Evropa va Osiyodagi etakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro  hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda. Jumladan, Ukraina, Germaniya, Janubiy Koreya hamda yaqin qo‘shni davlatlar bilan ilmiy, o‘quv yo‘nalishlarda aloqalar o‘rnatilmoqda.

Inson salomatligi tibbiyot hodimlari qatori farmatsevtlar qo‘lidadir. Hozirgi kunda nojo‘ya ta’siri kam, tabiiy xom ashyodan tayorlangan dori vositalarini yaratish sohamizning dolzarb muammolaridan. Mazkur masalalarni echish davomida biz izlanish, innovatsion rivojlanish yo‘lidamiz. Buning uchun esa, bizga yosh va iqtidorlilar kerak.

Men sizlarga test imtihonlarida yuqori ballarni qo‘lga kiritishlaringizni tilayman va Toshkent farmatsevtika instituti talabasi degan nomga sazovor bo‘lishda omadlar tilayman. Kelgusi ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!

 

Toshkent farmatsevtika instituti rektori

Farmatsevtika fanlari doktori, professor

Djalilov Xabibulla Karimovich

 

 

07.03.2017, 12:44 322