“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi

21.04.2016, 08:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 472

“O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini hamda institutda iqtidorli talabalarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, turli xil aqidaparastlik va zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2016-yil 19-aprelda Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya institut faollar zalida oliy ta’lim muassasalalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya institutining “Targ‘ibot”, Toshkent farmatsevtika institutining “Farmed”, Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Pikatsio” va  Jizzax politexnika institutining “Yumoristlar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi oliy ta’lim muassasalalari jamoalari g‘olib deb topildi:

1-o‘rin – Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya institutining “Targ‘ibot” jamoasi – 16,9 ball;

2-o‘rin – Toshkent farmatsevtika institutining “Farmed” jamoasi –  16,6 ball;

3-o‘rin – Jizzax politexnika institutining “Yumoristlar”  jamoasi –  13,9  ball.

Toshkent farmatsevtika institutining “Farmed” jamoasi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

2016-205     2016-207

2016-208     2016-206