Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovining institut bosqichi.

14.03.2016, 15:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 370

“O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini hamda institutda iqtidorli talabalarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlar va yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, turli xil aqidaparastlik va zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, 2016-yil 12-mart kuni soat 15-00 da institut faollar zalida talabalar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda institutning “Farmed” va “Noyoblar” jamoasi o‘zaro bellashdilar. Tanlov Nizom asosida (institut talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy Nizom) o‘tkazildi va Hakamlar xay’ati tomonidan baholandi.

            Ko‘rik-tanlovda jamoalar tomonidan quyidagi mavzular keng yoritib berildi:

  • Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat, vatanparvarlik g‘oyalari;
  • Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va e’zozlash g‘oyalari;
  • Institut, mahalla va oiladagi qadriyatlarni ardoqlash;
  • “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish;
  • Erta turmush va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi kurashish;
  • Muomala madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;
  • Kiyinish madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;

Tanlov natijalariga ko‘ra “Farmed” jamoasi 88 ball va “Noyoblar” jamoasi 86 ballni qo‘lga kiritishdi. Tanlov g‘olibi sifatida “Farmed” jamoasi deb topildi va ushbu jamoa 2016-yil 5-aprelda o‘tkaziladigan hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

2016_31    2016_32

2016_33    2016_34