Prezidentimizning Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

14.05.2016, 12:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 672

Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida 2016-yil 12-may kuni soat 13-00 da “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 80-bandi,  “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati  bilan so‘zlagan nutqi” mazmun-mohiyatini talabala-yoshlarga yetkazish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Mirobod tumani IIB bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi podpolkovnigi Turobboyev Xusan, 4-bosqich tinlovchilari Xodjayev Hurmatbek Axmedovich, Qodirov Qamariddin Qutbiddin o‘g‘li, Turdialiyev Latiflar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” kitobining mazmun-mohiyati, “Terrorizmning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi” haqida ham talabalarga ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir so‘ngida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi. Tadbirda Mirobod tuman ichki ishlar xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda institut qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari (30 nafar)  ishtirok etdilar. Jami tadbir ishtirokchilari soni 250 nafarni tashkil etdi.

2016-303     2016-305

2016-304     2016-306

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi