“Prezident saylovi-demokratik yangilanish va islohatlar ko‘zgusi” darslari tashkil etildi

26.11.2016, 11:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 419

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining mazmun-mohiyatini tushuntirish, saylov qonunchiligini targ‘ib qilish maqsadida 2016 yil 25 noyabr kuni soat 10.00 va 12.00da “Ma’naviyat” va “Axborot” soatlari doirasida “Prezident saylovi-demokratik yangilanish va islohatlar ko‘zgusi” darslari tashkil etildi. Akademik guruhlar o‘qituvchilari tomonidan saylovlar borasidagi yangi  ma’lumotlar berildi.Tadbirlarda 92 nafar murabbiylar va 720 nafar talabalar ishtirok etdi.

2016 yil 25 noyabr kuni soat 13.00da mazkur darslar institut majlislar zalida  tashkil etilib, unga 1-2 hamda 4 kurs talabalari jalb etildi.Dars jarayonida ma’ruzachilar «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi, saylovoldi tashviqoti,siyosiy partiyalarning saylovdagi muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omillardan biri – bu saylovoldi tashviqotini olib borishning to‘g‘ri usullari ekanligi, shuningdek, mazkur Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdilar.Tadbir so‘ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.Tadbirda 220 nafar talabalar hamda 18 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir haqida MY-5 telekanali jurnalistlari tomonidan telelavha tayyorlanib  2016 yil 29 noyabr kuni namoyishetilishi rejalashtirildi.

IMG_2599     IMG_2607

IMG_2639     IMG_2601