O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”  nomli  kitobining taqdimoti

20.09.2017, 08:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 329

2017-yil 19-sentyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida talaba yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini rivojlantirish, siyosiy onglilik darajasini oshirish, mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”  nomli  kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob hayot uchun yo‘llanma, taraqqiyot uchun qo‘llanma bo‘lishga arzigulik kitob bo‘lib, bugungi kunda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida ana shunday taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.  Kitob taqdimotini institut Tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi va tadbirda  filologiya fanlari nomzdi, dotsent R.Jumaniyozov ishtirok etdi. Taqdimot jarayonida  filologiya fanlari nomzdi, dotsent R.Jumaniyozov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”  nomli  kitobining mazmun-mohiyati yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Tadbirda jami 170 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.