“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”

15.12.2016, 16:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 449

 

Institutda 2016 yil 13 dekabr kuni professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafoloti” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent yuridik universiteti katta o‘qituvchilari B.X.Hamidov, U.Z.Abduraxmonov hamda yuridik universiteti 2 kurs talabasi S.Salayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzachilar o‘z ma’ruzalarida quyidagilarga ahamiyat berildi. Konstitutsiya har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligi rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi o‘rni va turmush tarzini belgilab beradigan asosiy qonunidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasi umrboqiy qomusiy hujjatdir. Konstitutsiya – bosh qomusda  ulkan ijodiy va yaratuvchilik qudrati jo qilingan. Rivojlangan taraqqiy etgan davlatlarning inson huquqlariga, ularning tarixiy tajribalariga tayanib yaratilgan. Shuning uchun ham Mustaqillik qomusi bo‘lgan Konstitutsiya xalqning  ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. U O‘zbekistonda yashayotgan fuqarolarning dunyoqarashini, o‘zaro munosabatlar, mehr-oqibat, o‘zga millat va elatlarga nisbatan hurmat, ilmga intilish, or-nomus kabi yuksak olijanob fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Shuningdek, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishning huquqiy asoslariga ham to‘xtalib o‘tib, bu borada mustaqillik yillarida to‘plangan tajriba haqida, onalik va bolalikni muhofaza qilish va boshqa masalalarga e’tibor qaratdilar.Tadbirda mazkur masalalar bo‘yicha savol-javoblar berildi.Tadbirda 200 nafar talablar va 15 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

IMG_3698     IMG_3702

IMG_3722     IMG_3704