“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”

06.12.2017, 18:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 903

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev  joriy 20-iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi. Hujjat O‘zbekiston Konstitutsiyasining hayotdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonun qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida qabul qilindi.

Hujjatda Konstitutsiyaning norma va tamoyillarining hayotga tatbiq etilishi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, sotsial-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin bo‘lib xizmat kilayotgan Asosiy Qonunning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bag‘ishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish asosiy vazifalardan Shu munosabat bilan institutda 2017-yil 5-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi oliy o‘quv kurslari professori,  yuridik fanlari doktori Baratov Mirodil Xomudjonovich ishtirok etdi. U o‘zining juda qiziqarli ma’ruzasi bilan ishtirok etib barchada katta taassurot qoldirdi. Ma’ruza qiziqarli faktlar, hikoyalar bilan boyitildi.Tadbirda institut 12 nafar professor-o‘qituvchilari, 220 nafar talabalar ishtirok etishdi.