“O’z biznesingizni yarating” mavzusida seminar trening o’tkazildi.

13.05.2017, 13:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 238

     

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 197-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2017-yil 12-may kuni institutni bitiruvchi talabalar ishtirokida “O’z biznesingizni yarating” mavzusida seminar trening o’tkazildi.

    

Bu tadbirda tijorat banklari hamda O’zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxasislari ishtirok etdilar. O’zining tadbirkorlik faoliyatini boshlamoxchi bo’lgan institut bitiruvchilariga tegishli maslahatlar, bisnes reja tuzishlari uchun amaliy yordam berishni alohida takidlab o’tdilar.