O‘qituvchilar futbol jamoasini tabriklaymiz!

15.04.2017, 12:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 382

     

2017 yil 12 – 13 aprel kunlari Toshkent Pediatriya institutida, Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga qarashli OTM lari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportni “Mini futbol” va “Basketbol” turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.

     

     

Musobaqada bizning institutimiz professor-o‘qituvchilari har bir sport turi bo‘yicha faol qatnashib, “Mini futbol” bo‘yicha sovrinli 1 – o‘rinni egallab Kubok, diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shu bilan bir qatorda “Basketbol” turida ham ishtirok etib 4 – o‘rinni egalladilar va diplomlar bilan taqdirlandilar. Musobaqalar juda ham qiziqarli, shiddatli va do‘stona munosabatda bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning final bosqichiga 4 ta OTM larining  Rektorlari tashrif buyurib, musobaqa jarayonini kuzatib bordilar va taqdirlash marosimida qatnashdilar.