O‘lka tarixini o‘rganishda amaliy yondashuv.

18.10.2017, 15:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 123

“Xalqimizning ko‘p asrli qadriyatlari, an’ana va urf-odatlariga asoslangan holda, yoshlarning g‘oyaviy immunitetini shakllantirish hamda dinshunoslik fanini institutda o‘qitishni yanada takomillashtirish”ga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi”,  “Ajdodlar xotirasi yodimizda” shiorlari ostida 2017-yil 14-16 oktyabr kunlari farmatsiya fakulteti 3-kurs 1/1 guruh  talablarai guruh murabbiyi DTT kafedrasi o‘qituvchisi Umarova Firuza boshchiligida Buxoro shahriga tashrif uyushtirdilar. Tashrif chog‘ida“Amir Olimxonning qishqi ark”i, “Labi xovuz”, “Zindon”  kabi ko‘plab me’moriy obidalarga tashrif buyurishdi. Shuningdek, o‘lkamizdagi “Yetti pir” ziyoratgohlariga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida  mamlakatimizning boy tarixiy merosi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va  mustahkamlanishi tarixi yana bir bor yodga olindi. Buxoro shahriga tashrif chog‘ida o‘zbek xalqining dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘tmish ajdodlarimizning adabiy, ilmiy merosi bilan yaqindan tanishildi va san’at asarlari, me’moriy obidalarning tarixiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.