Oliy ta’lim muassasalalari talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyatchilikning salbiy oqibatlari haqida.

01.04.2016, 11:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 596

2016-yil mart oyi davomida institut akademik guruhlarida, talabalar turar joyida va fakultetlarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2016-yil 20-yanvardagi 26/198-sonli hamda Toshkent shahar IIBning 2016-yil 5-fevraldagi 27/25-430-sonli taqdimnomalarida keltirilgan oliy ta’lim muassasalalari talabalari (o‘quvchilari) tomonidan sodir etilgan jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, keltirib chiqaruvchi omillar, jinoyat uchun jazo muqarrarligi haqida talabalar o‘rtasida tushuntirish maqsadida 50 dan ortiq davra suhbatlar, ochiq muloqotlar, ma’ruzalar, uchrashuvlar tashkil etildi.  Suhbat jarayonida institut talabalari o‘rtasida oliy ta’lim muassasalalari talabalari (o‘quvchilari) tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlari haqida o‘qib eshittirildi. Bu kabi holatlarning oldini olish borasida institut fakultet dekanlari talabalarning ota-onalari bilan ushbu masalalar doirasida tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, institut talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida institut noziri ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirlarga jami 1700 dan ortiq talabalar jalb etildi.

2016_127      2016_129

2016_128      2016_130