«Odam savdosidan ogoh bo‘ling»

20.05.2015, 08:09 Institut yangiliklari 313

2015yil 6may kuni institut faollar zalida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning 2014-2015 o‘quv yili bo‘yicha haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida,institut “Kamolot” YIH BT yetakchilari, “Ustoz-murabbiy” kengashi, “Xotin-qizlar qo‘mitasia’zolari va iqtidorli talabalar o‘rtasida “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklar va ekstremistik faoliyatga aralashib qolish holatlarining oldini olishda ta’lim muassasalarining o‘rni”, “Odam savdosidan ogoh bo‘ling!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsad va vazifasi talaba-yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm,  odam savdosidan ogoh etish va hushyorlikni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi. Hamda institut o‘qituvchilari mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi. Tadbir yakunida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan  tayyorlangan “Adashganlar qismati” nomli odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga oid hujjatli film namoyish etildi. Tadbirda jami 220 nafar talaba va murabbiylarning ishtiroki ta’minlandi.