Odam savdosi — inson erkinligiga taxdid

11.10.2016, 10:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 403

 

Inson tirik mavjudotlar orasida aql-idrok berilgan ongli mavjudot bo‘lib, u o‘tgan zamonlarda ham ozod va erkin yashashga harakat qilgan. Uni erkidan mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘qligi dunyo hamjamiyati tomonidan tasdiqlangan qonunlarda ham belgilab qo‘yilgan. Biroq, bugungi kunda dunyo bo‘ylab odam savdosiday o‘ta xavfli illatning keng tarqalishi inson shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, shaxsiy huquq va erkinliklariga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.Mazur masalaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir institutda 2016 yil 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xodimi Axmatov Azim Bahromqulovich shtirok etdi. Talaba-yoshlarda chet mamlakatlarda ishlashning huquqiy asoslari haqida ma’lumotlar berilib, odam savdosiga qarshi kurash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.Tadbirda 200 nafar talabalar va 25 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

IMG_8276     IMG_8281

IMG_8298     IMG_8290