“Odam savdosi – hudud, chegara va millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

12.05.2016, 08:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 346

Institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarining mafkuraviy immunitetni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda 2016-yil 11-may kuni soat 11-00 da institut faollar zalida “Odam savdosi – hudud, chegara va millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodim X.Eshov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘limi boshlig‘i Z.G‘afforova, Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi o‘qituvchisi M.Karimjonov hamda institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Institut rektori, professor A.N.Yunusxo‘jayev kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. U o‘z nutqida odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatligini, bu juda ko‘p salbiy unsurlarni olib kelyotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, fohishabozlik muammolari, missionerlar nayranglari shunday illatlar jumlasidanligini hamda keyingi yillarda odam savdosi bilan  bog‘liq jinoyatlar jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.  Tadbir davomida “Aldanganlar” filmi namoyish etildi.

Tadbir to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida keng yoritildi.

2016-256     2016-257

2016-258     2016-259