«O‘qotar qurol va o‘q-dori zahiralarini saqlash, olib kirish, sotib olish va sotishni jinoiy javobgarlikka tortish»

26.03.2015, 12:52 Institut yangiliklari 327

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 25-fevraldagi 87-04-144-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-sentabrda tasdiqlangan “Davlat, sport va shaxsiy ov qurollari, o‘qotar qurollari va harbiy o‘q-dori zahiralarini noqonuniy aylanishini to‘xtatish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning 28-bandidagi “O‘qotar qurol va o‘q-dori zahiralarini saqlash, olib kirish, sotib olish va sotishni jinoiy javobgarlikka tortish haqida o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotlari va o‘quv yurtlari ma’muriyatlari bilan birgalikda joylarda mavzuli (tematik) uchrashuvlar va oldini olish bo‘yicha (profilaktik) suhbatlar o‘tkazish, shuningdek o‘z hoxishiga ko‘ra o‘qotar qurol va o‘q-dori zahiralarini topshirgan shaxslarga nisbatan jinoyi javobgarlikdan ozod qilinishi haqidagi qonun bilan tanishtirish” vazifasi yuklatilgan.

 

 

Shu munosabat bilan, institut talabalari o‘rtasida ushbu mavzularda targ‘ibot-tashviqot hamda tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida, Mirobod tumani IIB hamda institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan  joriy yilning 18 mart kuni soat 15-00da kichik faollar  zalida “O‘qotar qurol va o‘q-dori zahiralarini saqlash, olib kirish, sotib olish va sotishni jinoiy javobgarlikka tortish”  mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Mirobod tumani IIB XOOB VEO‘N va XPR inspektori, kapitan Axmetova Nigora Maxmutovna, leytenant Isamutdinov Ravshan Raxmonovich, leytenant Voisov Zokir Kamilovich hamda institut rahbar xodimlari va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida Mirobod tumani IIB XOOB VEO‘N va XPR inspektori, kapitan Axmetova Nigora Maxmutovna, leytenant Isamutdinov Ravshan Raxmonovich, leytenant Voisov Zokir Kamilovich tomonidan mavzu yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar tashkil qilindi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va soha mutaxassislari berilgan savollarga javob berdi. Tadbirda jami 60 nafar rahbar xodimlar, o‘qituvchilar va talabalarni tashkil qildi.