Noqonuniy migratsiya masalasi

20.02.2016, 10:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 377

Odam savdosi va noqonuniy migratsiya

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida 2016 yil 18 fevral kuni soat 11-00 da institut faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Odam savdosi va noqonuniy migratsiya”, “Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzularida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Tuymaboev Ulug‘bek Qambarovich, IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi matbuot kotibi Qodirov Akmal Komilovich, Toshkent shahar “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi mutaxassisi Qosimova SHohida Saidvalievna, IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Abdusaidov Elyor Ilhomovich, institut rektori, professor A.N.YUnusxo‘jaev, prorektorlar, kafedra mudirlari, o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbirni  institut rektori, professor A.N.YUnusxo‘jaev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirning asosiy maqsad, vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi. Jami ishtirokchilar soni  250  nafarni tashkil qildi.

Odamsavdosiga-qarshi-kecha1