Noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida “Davriy jadvalning d-blok metallari. Xrom va marganets birikmalari” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o’tdi.

11.02.2018, 09:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 121

Noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti K.A.Cho‘lponov tomonidan 2018-yil 10-fevral 2-xonada soat 1000– 1120 gacha sanoat farmatsiya fakulteti 1-bosqich 1-oqim talabalariga “Davriy jadvalning d-blok metallari. Xrom va marganets birikmalari” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o’tdi.

Ma’ruzachining auditoriyani o‘ziga jalb, talabalar bilan muntazam ravishda muloqatda bo‘lish, ko‘tarilayotgan masalalarni muommali tarzda yetkazib berish qobiliyati yuksakligi butun ma’ruza davomida sezilib turildi.

Ma’ruzada 42 nafar talabalarning hammasi to‘liq ishtirok etdi. Yuqori did bilan tayyorlangan ma’ruza taqdimoti talabalarni o‘ziga jalb etishda yaxshi rol o‘ynaydi.  Ma’ruzada O‘z MU kimyo fakulteti umumiy va noorganik kimyo kafedrasining mudiri, k.f.d. SH.A.Qodirova va kafedra xodimlari ishtirok etishdi.