“Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasining professor-o’qituvchilari shahrimizdagi 254-o’rta maktabga tashrif buyurdilar

18.12.2019, 16:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 385

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslaxatchisining 2018-yil 15-oktabrdagi № 09-2520-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasininig professor o’qituvchilari Z.K.Tulyametova, D.A.Muxammadiyeva, M.B.Kosimova, F.R.Jumaboyev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi S.M.Yo’ldosheva va institut psixologi K.Axrorova 254-o’rta maktabga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida kafedra professor-o’qituvchilari 10-sinf o’quvchilariga mahorat darslari o’tkazdilar. Tashrifning ikkinchi yarmida “Qomusimiz-erkin va farovon hayot kafolati” va   “Erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

     

     

 “Noorganik,fizik va kolloid kimyo” kafedrasi